Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali direktori Nuriddin Gaffarov Navoiy shahrining "Kimyogar" mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Ushbu mahalladagi 2 ta ko‘p qavatli uyning Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi 7 ta yotoqxonasida 320 nafar iste’molchi mavjud. Mahalla iste’molchilarining foydalanishda bo‘lgan 390 ta gaz jihoziga "Navoiyshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinadi.
Tadbirda Filial direktori viloyatda gaz ta’minotini yanada yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, o‘zgarish va yangilanishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq 4 ta murojaat yo‘llandi. Asosiy murojaatlar gaz plitalarini ta’mirlash masalasidan iborat bo‘lib, ularni qisqa muddatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati