Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda mavsumni betalofot o’tkazish maqsadida aholi xonadonlarining uy ichi gaz jihozlari texnik ko’rikdan o’tkazilmoqda
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda mavsumni betalofot o’tkazish maqsadida aholi xonadonlarining uy ichi gaz jihozlari texnik ko’rikdan o’tkazilmoqda. Xususan, is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida gaz jihozlaridan to’g’ri foydalanish, mavjud muammolar yuzaga kelsa tezkorlik bilan soha vakillariga murojaat qilib, o’z vaqtida bartaraf etilishi lozimligi haqida tushuntirishlar berilmoqda.
“Peshkutumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlarining navbatdagi manzili tumanning “Chig’irchi” mahallasida bo’ldi. Mahalladagi aholi xonadonlarining uy ichi gaz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatildi.
“O’tgan yili gaz jihozimizga texnik xizmat ko’rsatishgan edi, muammosiz o’tyapti mavsum, jihozlarimizda kamchilik yo’q, mana, yana kelib, ko’rib, texnik xizmat ko’rsatishdi. Har birimiz xavfsizligimizga e’tiborli bo’lishimiz lozim. Bu mas’uliyat biz – fuqarolarga ham yuklatilgan”, – deydi iste’molchi Gulchehra Turobova.
Ma’lumot uchun ta’kidlab o’tmoqchimiz, o’tgan 2022-yil davomida tumandagi 18 mingdan ortiq aholi va ulgurji iste’molchilarning 36 mingdan ortiq gaz jihoziga texnik xizmat ko’rsatildi.
Jarayonlar davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati