Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda aholini zangori olov bilan ta’minlash borasida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bandixon tumani “Bandixon” MFY hududida joylashgan diametri 219, 100 va 50 mm bo'lgan 400 m gaz tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu gaz tarmoqlarini almashtirilishi natijasida 2183 ga yaqin aholi xonadonlarining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilanadi. Mazkur hudud yakunlangach, “Navruz” MFYda ham gaz quvuri rekonstruksiya qilish rejaga kiritilgan.
"Aholining ehtiyojini qondirish barobarida, ularning roziligini olish barcha soha vakillaridan yuksak mas'uliyat talab etadi. Biz bu borada bor kuchimiz ila harakat qilyapmiz", deydi "Bandixontumangaz" gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i Alisher Ochildiyev.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati