Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiatning har qanday injiqliklariga tayyor turish, ob-havo noqulayliklariga qaramay iste’molchilarga "zangori yoqilg‘i"ni yetkazib berish gaz ta’minoti sohasi vakillarining asosiy vazifalaridan biridir.
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta‘minlash uchun Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini ta’minlash ishlari jaddalik bilan olib borilmoqda. Ushbu loyihaga maxsus texnikalar ham jalb qilibgan.
Hozirgi kunga qadar ushbu obyektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-30 km.dan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minot filiali matbuot xizmati