Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Sayxunobodtumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan bugungi kunda Sayxunobod tumani boʻyicha “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturi boʻyicha obodlikka yuz tutayotgan mahalla va qishloqlarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz hamda muntazam taʼminlash maqsadida dastur doirasida ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan tumandagi "Farovon" MFY ham "Obod mahalla" davlat dasturiga tushgan boʻlib ushbu mahallada dastur doirasida tumangaz boʻlimi tomonidan 500 metr masofadagi gaz tarmoqlarini mos ranglarga boʻyaldi, dasturga kiritilgan 4 dona GTQ dan 2 donasi toʻliq texnik taftishdan oʻtkazilib mos ranglarga boʻyalib ogohlantiruvchi belgilar qoʻyildi. Ushbu mahallada tabiiy gaz tizimini yanada yaxshilash aholi xonadonlarini bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida ham keng koʻlamli ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati