Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Boyovuttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan barcha turdagi isteʼmolchilarni bir meʼyorda tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Isteʼmolchilarni bir meʼyorda va xavfsiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida Shirin GTSdan Boyovut tumaniga yoʻnaltirilgan D-219-159 mmli 650 metr yer usti gaz quvuri tartibga keltirildi, 3650 metr qismi xos rangda boʻyoqlandi. Tumandagi mavjud arkalar va ulardagi tayanchlari boʻyoqlandi.
Isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gazdan oqilona va xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tegishli xodimlar tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurgan holda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan joriy yilning kuz-qish mavsumi davomida hozirgi kungacha 6945 ta xonadonlarda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilib ularga eslatmalar va koʻrgazmali bukletlar tarqatildi.
"Boyovuttumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan 2022-2023-yillar kuz-qish davriga gaz xoʻjaligini tayyorlash maqsadida chora-tadbir ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra:
- Gaz taqsimlash qurilmalari (GTQ) ni texnik taftishdan oʻtkazish rejasi 191 dona belgilangan boʻlib, hozirgi kungacha ushbu gaz taqsimlash qurilmalarining 22 donasi texnik taftishdan oʻtkazildi.
- Gaz quvurlarini tartibga keltirish rejasi 6 kilometrni tashkil etib, amalda hozirgi kungacha 1,4 kilometr gaz quvurlari tartibga keltirildi.
- Gaz quvurlarini boʻyoqlash ishlari 6 kilometr rejalashtirilgan boʻlib, amalda 1,4 kilometr gaz quvurlari boʻyoqlandi.
- Gaz quvurlarini asboblar yordamida tekshirish rejasi 5 kilometrni tashkil etib, amalda 1 kilometr gaz quvuri asboblar yordamida tekshirildi.
- GTQni mukammal taʼmirlash rejasi 1 donani tashkil etadi.
- Gaz quvurlarini havo bosimi ostida sinash rejasi 10 kilometr.
- Gaz quvurlari burgʻilab va shurflab tekshirish rejasi 3 kilometr belgilanib ushbu ishlar joriy yil 1 sentyabrgacha bajarilishi rejalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan xar bir bu kabi ishlarning zamirida xalq manfaati va inson qadrini ulugʻlash kabi ezgu gʻoya yotibdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati