Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, mavjud gaz uskunalarining texnik sozligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu tartib-qoidalarga amal qilmaslik, gaz ta’minotida foydalaniladigan turli jihozlar –gaz plitalari, isitish qozonlarining nosozligi yoki ulardan oqilona foydalanmaslik aksariyat xollarda turli ko’ngilsizliklarga sabab bo’lishi mumkin. Bunday xolatlarning oldini olish maqsadida “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialining hududlardagi gaz ta’minoti bo’limlarining servis xizmatini ko’rsatish xizmati chilangarlari aholi xonadonlarida bo’lib gaz jihozlari sozligini doimiy nazorat qilishadi. Bu esa iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash barobarida aholiga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialiga qarashli shahar - tuman gaz taʼminoti “Servis xizmatini koʼrsatish” boʼlimlari tomonidan 2022 yilda jami 159 ming 602 ta aholi xonadonlari xatlovdan oʼtkazilib 45 ming 846 ta nostandart gaz jihozlari aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 15 ming 378 ta aholi xonadonlariga zamonaviy, tejamkor gaz-gorelkalari oʼrnatilishiga erishildi. Shu davr mobaynida 1 ming 665 ta ulgurji isteʼmolchilarga ham energo tejamkor qurilmalar oʼrnatilishi taʼminlandi.
Tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlar holati o’rganilib nosoz jo’mraklar ta’mirlandi va aholi xonadonlaridagi hisoblagich filtrlari tozalandi. Bu ishlar nafaqat kuz-qish mavsumida balki, Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan doimiy nazoratda. Mutaxassislar bu borada aholi orasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yib, eslatma va bukletlar orqali tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
Nosoz gaz uskunalarini o’z vaqtida ta’mirlamaslik yoki undan o’zboshimchalik bilan foydalanish gaz sizib chiqishi oqibatida yuzaga keladigan yong’inlar va is gazidan zaharlanish kabi ko’ngilsiz xolatlarga sabab bo’ladi. Shu bois hurmatli iste’molchilardan o’z xonadonlaridagi gaz qurilmalarini vaqtida ko’rikdan o’tkazishni, aniqlangan kamchiliklarni mutaxassislar yordamida bartaraf etib borishlarini so’rab qolamiz.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati