Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʻgʻiniga aylangan jamoat tashkiloti sifatida eʼtirof etilayotgani ayni haqiqatdir. Har bir mehnat jamoasida xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizning diqqatga sazovor qadamjolariga sayohatlar tashkil etish, yozgi mavsumda bolalarning oromgohlarda dam olishlarini tashkillashtirish, bayram tadbirlarini koʻngildagidek oʻtkazish va boshqa koʻplab masalalarni hal etishda kasaba uyushmalari jamiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali majlislar zalida “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining 2020-2022-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi hamda 2023-2025-yillar uchun tuziladigan jamoa shartnomasining loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan boshlangʼich kasaba uyushmasining hisobot-konferensiyasi boʼlib oʼtdi.
Konferensiyani “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali kasaba uyushma raisi J.Avezov olib bordi va kun tartibida belgilangan masalalarga muvofiq mehnat jamoasi oldida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan hisobot berdi. Jamoa shartnomasi 17-boʻlim va 220 banddan iborat boʻlib filial ishchi xodimlarini ijtimoiy iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaratilishi, xodimlarni sogʻlomlashtirish, mehnat muhofazasi, yosh xodimlar va ayollar manfaatlarini himoya qilish borasida korxona rahbari va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berildi.
Yigʻilishda taklif qilinganlar jamoa shartnomasiga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgarishlarni koʻrib chiqib, qarorlar qabul qilindi.
Konferensiyada “Hududgazta'minot” AJ birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi mutaxasissi A.Mashrapov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.