Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi O‘zbekistonda inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat qurilmoqda, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi xalqimiz uchun xizmat qilishi, shubhasizdir. Mazkur o‘zgarishlar gaz ta'minoti tizimini chetlab o‘tmayapti. Sohada ham aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida joylarda ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, yangi qurilmalar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, joylarga chiqib aholi bilan uchrashuvlar davomida, ularning murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish yo‘lida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Poytaxtning Olmazor tumani “Achaobod” MFY fuqarolari ham “Hududgazta'minot” AJga tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar yuzasidan murojaat qilgan edilar. Murojaatdan so‘ng mazkur mahallaga mutaxassislar tashrif buyurgan va muammoni yechish bo‘yicha izlanishlar olib borishgandi. Bugun esa mahalladagi “Omonat” ko‘chasiga qo‘shimcha yangi gaz taqsimlash qurilmasi o‘rnatilmoqda. Buning uchun qo‘shimcha 110 pogonametr gaz quvurlari tortildi, gaz taqsimlash punktini o‘rnatish, sozlash va bo‘yoqlash ishlari olib borilmoqda. Yakunga ko‘ra esa, 197 ta xonadonda tabiiy gaz ta'minoti yanada yaxshilanib, bir maromda gaz yonishiga erishiladi.
Poytaxtning Eski shahar hududida tabiiy gaz ta'minoti yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.