Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirishdir. Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohasiga raqamli texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildan-yilga ortib bormoqda. So'nggi yillarda gaz ta'minoti tizimiga ham raqamlashtirish texnologiyasi shiddat bilan kirib kelayotganiga guvoh bo'lyapmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilarining tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi – tuman (shahar) chegarasi – yirik uchastkalarning kirish qismi – iste’molchi” texnologik zanjiri asosida tuman (shahar)lar chegarasidagi quvurlarga elektron hisoblagichlarning o’rnatildi.
Natijada tabiiy gaz sarfini online nazorat qilish imkoni yaratildi. Jumladan, viloyatni 47 ta yirik hududga ajratib, 271 ta gaz hisoblash uskunasini o’rnatish jarayonlari rejalashtirilgan. Bugungi kunda esa 214 ta gaz hisoblash uskunasi o’rnatilib, 117 tasi ishga tushirildi hamda himoya qutilari bilan o’raldi.
Bajarilgan ishlar natijasida 6579,0 km gaz quvurlari va 8 mingtaga yaqin gaz maromlash qurilmalarini online monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Ayni kunlarda bu ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “yashirin iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi.
“Hududgaz Xorazm” GTF tomonidan aholini sifatli va barqaror gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati