Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish orqali hududlarda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsad qilingan. Ayni kunlarda “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatimiz boʼylab bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Urganch shahrining "Navro‘z" mahallasida Urganch shahar gaz ta’minoti boʼlimi xodimlari tomonidan dastur doirasida 1.2 km gaz quvurlarini tartibga keltirish va bo‘yoqlash ishlari bajarilib, 20 ta gaz taqsimlash uskunalarida profilaktika ishlari bajarildi.
Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat aholisini sifatli va barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash borasidagi amaliy ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati