Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, avvalo, inson manfaati, uning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Mazkur jarayonda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor berilish oldimizdagi birinchi masalalardan biridir.
Bu borada soha mutasaddilari tomonidan belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Navhos qishlog‘i “Nurafshon” mahallasidagi 450 ta xonadonni tabiiy gaz bilan ta’minlab kelayotgan Gaz taqsimlash punkti ta’mirtalab holatda kelib qolgandi.
“Xonqatumangaz”gaz ta’minoti bo‘limi mas’ullari tomonidan ushbu yuqori bosimli Gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlanib soz holatga keltirildi.
Bu esa shu hududdagi aholi uchun gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashi va iste’molchilarga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish kafolatidir Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar xalqimiz hayot sifati hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati