Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma'naviyat va ma'rifat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini, inson fikrlash qobiliyati va tafakkurini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Sababi, ma'naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi, ma'rifatli, bilimli, ziyoli insonlar bor yerda esa mamlakat va millat taraqqiy etadi.
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikasiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda, Imom Buxoriy hazratlarining «Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham» degan ta'kidlari ayni haqiqatdir.
Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialida “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat “Ma'naviyat targ‘ibotchilari” jamiyati a'zosi Muhtaramxon Hamidova hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi rahbari Murodjon G‘ofurovlar soha vakillari tomonidan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har xil ma'naviy tahdidlardan asrash hamda ekstremizm g‘oyalariga berilishning oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.
E'tirof etildiki, yoshlarda ona Vatanga muhabbat, qadimiy boy tariximiz, ota-bobolarimizning urf-odatlariga muhabbat kabi o‘z dinimizga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish uchun ular ongi va qalbida mafkuraviy, ma'naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim. Buning uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, bo‘shlik o‘rnini vayronkor va buzg‘uncha yot g‘oyalar egallashining oldini olish uchun esa o‘qish, ilm o‘rganish joiz
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati