Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maʼlumki, yoqilgʼi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxaning energiya samaradorligini oshirish, isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida Prezidentning “Yoqilgʼi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Jizzax viloyati prokuraturasi organlari va "Hududgaz Jizzax" gaz taʼminoti filiali va hamkor tashkilot vakillari tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan oʼtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari boʼyicha 209 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Sud hujjatlari asosida kommunal tashkilotlar foydasiga 6,1 mlrd. soʼmdan ortiq undiruvlar amalga oshirilib, sudlarga 654 ta 20,6 mlrd. soʼmlik yetkazilgan zararni undirish boʼyicha daʼvo arizalari kiritildi, jiddiy qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 9 ta jinoyat ishlari qoʼzgʼatildi.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati