Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangi O‘zbekistonda inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat qurilmoqda, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi xalqimiz uchun xizmat qilishi, shubhasizdir. Mazkur o‘zgarishlar gaz taʼminoti tizimini chetlab o‘tmayapti. Sohada ham aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida joylarda taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Poytaxtimizning Olmazor tumani "Guruchariq" MFY navbatdagi manzilimiz bo‘ldi. Bugun "Hududgataʼminot" AJ masʼul xodimlari tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 107 xonadonni tabiiy gaz bilan taʼminlaydigan gaz taqsimlash qurilmasi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga o‘rta va past bosimli 120 metr gaz quvurlarini taʼmirlash, tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Poytaxtning Olmazor tumani hududida tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.