Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Qurilish montaj" boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti metro yo‘lining 2-bosqich Qo‘yliq-Qipchoq yo‘nalishidagi gaz tarmoqlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda d-325mmli va d-273mmli gaz quvurlarini tortish ishlari boshlangan. Ish jarayonlariga "Qurilish montaj" boshqarmasining 4 ta payvandchi brigadalari hamda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining 3 ta maxsus texnikalari jalb qilingan.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati