Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Inson borki, kindik qoni to’kilgan tuproqdan, ona zamindan, mahallasidan, o’zligini anglatgan, komil insonlar qatoriga qo’shgan yurtining qalbiga quvvat bo’ladi. Halol mehnatining ortidan qadr topish, tashkilotda o’z o’rniga ega bo’lish esa har insonning orzularidan biri desak, mubolag’a bo’lmaydi.
“Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limida ko’p yillardan buyon halol mehnati orqali hurmat va e’zozga sazovor bo’lib kelayotgan Sadriddin aka Toshmatov ham ana shunday insonlardan biri sanaladi.
Bugun “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi majlislar zalida hamkasbimizning muborak 60 yoshga to’lishi munosabati bilan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o’rinbosari, bosh muhandis vazifasini bajaruvchi Hasanboy Onorboyev so’zga chiqib, shunday dedi:
“Bugun mehnatingiz qadrlangan va e’tirof etilgan damda qutlug‘ yoshingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanmiz, Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz. Farzandu nevaralar va shogirdlar ardog‘ida bo‘ling, deymiz. Yana uzoq yillar mehnatlaringiz rohatini ko‘rib yashash nasib etsin”.
O’z navbatida barcha hamkasblar, shogirdlari va yaqinlari nomidan Sadriddin aka Burhonovichni qutlug’ yosh, hayotining oltin davri bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati