Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq hodisalarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tekshiruv tadbirlari davomida gaz jihozlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yuzaga keladigan nohush holatlar haqida tushuntirishlar berib o'tilmoqda.
“Yunusobodtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ham targʻibot-tashviqot tadbirlarini yanada keng olib borishmoqda. Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-talabalar turar joyida navbatdagi targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Soha xodimlari talabalarga baxtsiz xodisalarning oldini olish, gazdan oqilona foydalanish, yotoqxonada gazni ishlatib bo’lgach, o’chirib qo’yishga odatlanish lozimligi haqida tushunchalar berdi. Chilangarlarimiz tomonidan gaz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatildi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Meʼyoriy hujjatlarda texnik taftishdan oʻtkazish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatishning muddatlari belgilab qo'yilganligi unga koʻra, koʻp qavatli turar-joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz uskunalari mavjud boʻlmaganda–ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish uskunalar–yilda bir marta, profilaktik xizmat koʻrsatish esa har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, natijada tabiiy gazning sizib chiqish holatlari, havo va gaz aralashmasining belgilangan meʼyorda yonishi taʼminlanishi yig’ilganlarga ta’kidlab o’tildi.
Hurmatli iste’molchilar!
- Elektr isitish jihozlardan uzoq vaqt va uzluksiz foydalanmang;
- Qoʻlbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;
- Gaz plitasidan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
- Gaz uskunalarini ulashda nostandart rezina shlanglardan foydalanmang;
- Isitish pechlarining dudboʻron va moʻrikonlari sozligini tekshiring yoki mutaxassislarga tekshirtiring;
- Dudboʻron va moʻrikonlarga alohida eʼtibor bering;
- Koʻp qavatli uylarni ventilyatsiya kanallari ochiqligiga eʼtibor bering;
- Gaz jihozlaridan foydalanish koʻnikmasi boʻlmagan isteʼmolchilar yoki yosh bolalar tоmonidan foydalanishiga yoʻl qoʻymang;
- Gaz jihozlarini yoqilgan holatida qarovsiz qoldirmang.
Har bir fuqaro xonadonidagi gaz jihozlarining soz holatda ekanligiga e’tiborli bo’lsa, ko’ngilsiz voqealarning oldini olgan bo’ladi. Qolaversa, inson salomatligi uchun o’zi javobgardir. Shu boisdan ham uyda bolalarni qarovsiz qoldirmang, gaz plitasidan foydalanib bo’lgach, o’chirishni unutmang!
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati