Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Olmaliq shahridagi barcha turdagi isteʼmolchilarga “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti servis xizmatini rivojlantirish boʻlimining tajribali chilangarlari tomonidan malakali xizmat koʻrsatilib kelinmoqda. Ushbu yoʻnalishda rejaga koʻra 3850 ta xonadonlardagi mavjud gaz jihozlarining sozligi koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan boʻlsa, amalda esa 3165 ta xonadonlarning gaz jihozlari koʻrikdan oʻtkazildi.
Gazdan foydalanishda albatta gaz jihozlaridan oqilona va samarali foydalanish zarur boʻladi. Shu maqsadda isteʼmolchilarining xonadonlarida mavjud boʻlgan gaz jihozlarini koʻrikdan oʻtkazilib bu boradagi kamchiliklar ham bartaraf etib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir xonadonga uyma-uy kirib is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tegishli xodimlar tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari ham doimiy tarzda olib borilmoqda.
"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati