Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning saʼy-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tizimida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi va Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari tomonidan Bekobod shahri va tumanida sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda korrupsion xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, shuningdek, Jamiyat Jamoa shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan imtiyoz va kafolatlar, tizimda qabul qilingan buyruq va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati