Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali binosida “Hududgaztaʼminot” AJning Jamoa shartnomasida tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarga berilgan imtiyozlar va qulayliklar bo‘yicha 2020-2022 yillar kesimida, xususan Toshkent viloyati miqyosida 2022 yil uchun amalga oshirilgan ishlar hususida hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Hududgaztaʼminot” AJ mutasaddi vakillari, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raisi hamda Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shahardan tashrif buyurgan Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiya davomida so‘zga chiqqanlar, Jamoa shartnomasi bandlarini 2022 yil mobaynida bajarilishiga doir faoliyatidan kelib chiqqan holda, filialning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2022 yildagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Bunda eng avvalo butun hisobot davri mobaynida korxonada ish beruvchi bilan birgalikda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalashga erishish kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy diqqat markazida bo‘lganligini alohida qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan korxona ishchi-xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar tanishtirildi.
Uchrashuv so‘ngida, konferensiya kun tartibidan o‘rin olgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusi rejalari haqida maʼlumot berildi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Matbuot xizmati