Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Yangihayottumangaz“ gaz ta’minoti mas’ullari bilan joylarda targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirar ekanmiz, mahalla ahlining ko’zidagi quvonch bizni yanada sifatli xizmat ko’rsatishga undadi. Bugungi kunda tabiiy gaz iste’molchilar tomonidan energotejamkor gaz jihozlariga bo’lgan talab tobora ortmoqda. Xalqimiz tadbirkorlik qilish asnosida tejamkorlikka ham odatlanmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarida energotejamkor gaz jihozlaridan unumli foydalanayotganini ko’rib, tejamkorlik har jabhada as qotishiga guvoh bo’lyapmiz. Bu albatta quvonarli holdir.
Xabaringiz bor poytaxtimiz hududi yanada kengaytirildi. Yangi hayot tumaniga ham Toshkent viloyatidan bir qator mahallalar qo’shildi. Ulardagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi xodimlari ham rejaga asosan ish olib borishmoqda. Tumanda jami 35 304 ta tabiiy gaz iste’molchilar mavjud bo’lib, shundan, 7 701 tasini yerli aholi xonadonlari, 26 351 tasini ko’p qavatli uylar tashkil qiladi. Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari jami 345 ta ulgurji tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi. Shundan, sanoat korxonalari 66 ta, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari 189 ta, yakka tartibda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari 86 ta, davlat tashkilotlari 4 ta. Ushbu Ulgurji tashkilotlarga 100 ta gaz taqsimlash moslamasi orqali tabiiy gaz yetib boradi.
347 ta gaz taqsimlash moslamasi orqali tabiiy gaz iste’molchilar xonadoniga bir maromda, xavfsiz gaz yetib borishiga erishiladi. Har bir gaz taqsimlash moslamasining soz holatda bo’lishi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Chilangarlar tomonidan o’z hududidagi GRPlar doimiy nazorat ostida bo’ladi. Tumanda 498,510 km yer osti gaz quvurlari majvud bo’lib, shundan, 140,95 kilometrini o’rta, 357, 560 kilometrini past bosimli gaz quvurlari tashkil qiladi. Tuman gaz xodimlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilayotgan ishlarga qisqacha to’xtatilib o’tadigan bo’lsak bugungi kungacha 8 197 kilometr gaz quvurlari bo’yoqlandi. 102 dona zulfinlar hamda 56 ta gaz tasqimlash qurilmalari texnik taftishdan o’tkazilib, qayta ta’mirlandi. Tabiiy gaz iste’molchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan shu kunga qadar 5 800 ta yerli xonadonlarga, 12 222 ta ko’p qavatli uylarga zamonaviy hisoblagichlar o’rnatilgan. Jarayonlar davom etmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati