Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Kogongaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan Kogon tumanidagi 3143 nafar, Qorovulbozor tumanidagi esa 49 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Gaz ballonlari orttirilgan avtomashina 35 kunga bormay mahallalarga kirib bormoqda.
Xodimlarning navbatdagi manzili “Sorg’un” mahallasi bo’lib, 92 ta xonadonda 2 ming kgga yaqin suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Gaz ballonlari nazorat tarozilarida o’lchab berilar ekan, undan xavfsiz foydalanish va faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish lozimligi to’g’risida ham tushuntirishlar berilmoqda. To’lovlar esa maxsus kartalarda amalga oshirilmoqda.
“Shu yil qish juda sovuq keldi. Shunday bo’lishiga qaramay o’z vaqtida gaz ballonlarimizni oldik. Bir oy davomida maishiy ehtiyojlarimiz uchun yetadi. Muammo bo’lgani yo’q. To’lovlarni ham kartalarda amalga oshiramiz. Gaz ballonlarimiz bilan bog’liq nosozliklar yuzaga kelsa o’z vaqtida bartaraf etishadi”, – deydi sorg’unlik iste’molchi Shoira Xoliqova.
May oyining dastlabki o’n kunligida “Kogongaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan suyultirilgan gaz iste’molchilariga 13 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo’lsa, joriy yilning yanvar oyidan boshlab to buguniga qadar esa 205 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz tarqatildi. Jarayonlar davomida har bir iste’molchiga Id kartalardan to’g’ri foydalanish va ularga tashqi ta’sir o’tkazmaslik to’g’risida ham tushuntirishlar berilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati