Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi. Kogon tumani va Kogon shahrida ham amaliy ishlar namunali tashkil etilmoqda.
“Kogongaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan 27 mingdan ortiq aholi tabiiy gaz bilan ta’minlanmoqda. Kuz-qish davrida tizim bilan bog’liq muammoning o’z vaqtida oldini olish uchun mavsumga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Xususan, 23,6 km gaz quvurining holati tekshirildi, 2 kmdan ortig’i esa estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo’yoqlandi. Gaz maromlash qurilmalari taftish qilinmoqda.
Birgina Kogon tumanidagi “Hukumatobod” mahallasi Sabiyon qishlog’idagi 600 metrga yaqin gaz quvuri estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo’yoqlandi. Kogon shahridagi “Xo’jabargi” mahallasining Xo’jabargi ko’chasidagi gaz quvurlarida esa bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda.
Jarayonlar davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati