Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har qanday sohada jismonan sog‘lom va ma'nan yetuk kadrlar bilangina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ushbu talablar gaz sohasi xodimlari uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois so‘nggi yillarda soha xodimlari, ularning oila a'zolari va faxriylarning sog‘ligini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmoni hamda 2020-yil 12-noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891-son qaroriga muvofiq, ayni kunlarda tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali va uning shahar-tuman bo‘limlari xodimlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va aniq tashxis qo‘yish amalga oshirilmoqda.
“Xodimlarimizning ish jarayoniga xalaqit bermaslik uchun, tibbiy ko‘riklarni har bir shahar-tuman gaz ta'minoti bo‘limining o‘zida tashkil qilyapmiz, - deydi Filial boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulchehraxon Mamatxo‘jaeva. – Xodimlar boshqaruv bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rikka malakali mutaxassislarni jalb qildik. Har bir bo‘limimizda bo‘lib o‘tadigan tibiiy ko‘rik barcha xodimlar qamrab olinadi va 4-maygacha davom etishishi rejalashtirilgan...”
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni sifatli o‘tkazish uchun tegishli tibbiy asbob-uskunalar va laborator-diagnostik apparatlari to‘liq shay holatga keltirilgan. Tibbiy ko‘rik jarayonida kasalliklari aniqlangan xodimlarning salomatligini tiklashlari uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishi belgilangan.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati