Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Baliqchi tumanining “Barkamol” mahallasiga tashrif buyursangiz haqiqiy tanti, mehnatkash, chapani odamlarni uchratasiz. Ular bilan suhbatlashish bir mazza bo‘lsa, ularga xizmat ko‘rsatish yana bir rohat. Chunki ular sizni arzimagan mehnatingizni ham yuksaklarga ko‘tarib, sizga rahmat aytib qabul qilishadi.
Bugun “Barkamol” MFYda 646 ta suyultirilgan gaz iste'molchilari istiqomat qilishmoqda. Aholiga ta'minotchi korxona tomonidan 1250 dona maishiy gaz ballon ajratilgan bo‘lsa, 511 dona shaxsiy ballon bilan 739 ta maishiy gaz ballonlani xalq xizmatida. Maishiy gaz ballon bilan ta'minlangalik darajasi esa 193 foizni tashkil etayapti. “Barkamol”liklar yil boshidan beri 32.24 tonna suyultirilgan gaz bilan ta'minlandilar. Bu ham belgilangan rejaga nistaban 135 foiz ko‘p demakdir.
“...Mahallamizga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetib keladi. Olib borilayotgan islohotlarning natijasi bizni mahallada ham namoyon bo‘lmoqda”, - deydi “Barkamol” MFY raisi Ikromjon Soliev. “...bizga xizmat qiluvchi chilangarlar gazimizni karta orqali yetkazib beradi. Qulayligi bo‘yicha fuqarolarimizga tushunchalar bermoqdamiz. Bu esa hammaga ma'qul kelmoqda. Suyultirilgan gazdan oqilona foydalanish va nazorat tarozilari masalalari ham chetda qolmayapti”.
“Mahallabay” tizim asosida ish tashkil etilgan mazkur MFYdagi barcha iste'molchilar to‘liq ID kartalar bilan ta'minlangan. “Barkamol”da ham suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlay tizimi bo‘yicha zangori yoqilg‘i yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
"Hududgaz Andijon" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati