Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Boyovuttumangaz" gaz ta'minoti bo‘limining Suyultirilgan gaz bo‘limi tomonidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, shu yilning 13 fevralidan 16 fevral kuniga qadar suyultirilgan gaz iste'molchilaridan 3 ta murojaat kelib tushgan. Shundan barchasi ijobiy hal etilgan.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish joizki, tumandagi 26 ta mahallaning 16114 ta aholi xonadonlariga reja grafik asosida suyultirilgan gaz ballonlar o‘z vaqtida tarqatilmoqda. Tuman aholisiga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetib borishi uchun esa 4 ta ISUZI rusumli avtotransport vositasi va 8 ta xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati