Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi Ishchi guruhi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Turizm va madaniy meros vazirliklari hamda “Hududgazta’minot” AJda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning ijro holatini o‘rgandi.
Bu borada mazkur tashkilotlarning hududiy boshqarmalari faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, joriy yilning 12-16 may kunlari Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.
O‘rganishlar ko‘rsatganidek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining hamda Turizm va madaniy meros vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan ochiqlikni ta’mnlashga oid qonunchilik talablari bajarilmagan. Ochiq ma’lumotlar jamoatchilikka umuman e’lon qilinmagan.
Shuningdek, Ishchi guruh tomonidan ulkan turizm salohiyatiga ega bo‘lgan Buxoro viloyatining Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti yaratilmaganligi va ishga tushirilmaganligi tanqid qilindi.
O‘rganish yakunlari yuzasidan Qo‘mita majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati