Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
16 211 ta xonadon 17 344ta maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlangan bo'lib, iste'molchilarga suyultirilgan gaz ballonlari ID kartalar orqali, belgilangan muddatlarda maxsus avtotransportlar yetkazib berilmoqda. Yil boshidan beri aholi xonadonlariga 1 144.92 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Gaz to‘ldirish shoxobchasi chilangarlari tomonidan suyultirilgan gaz ballonlari maxsus aravachalarda iste’molchilar xonadonlariga olib kirib, o‘rnatib beriladi. Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida suyultirilgan gazdan toʼgʼri va xavfsiz foydalanish boʼyicha mahallalarda targʼibot tashviqot ishlari olib borish jarayonida isteʼmolchilarga 9240 ta eslatma bukletlar tarqatildi.
Ayni kunlarda maishiy gaz ballonlarini to’g’ridan-to’g’ri quyosh nuri tushadigan joylarda saqlanishi ko’ngizlsiz hodisalarga olib kelishi, shu bois soya-salqin joylarda saqlash bo’yicha ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati