Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi o‘rtasida tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, ko‘mir va boshqa turdagi issiqlik manbalaridan foydalanishga ehtiyoji ortadi. Shu o‘rinda, qo‘lbola usulda yasalgan, bozorlarda arzon narxlarda sotilayotgan, ko‘mir va o‘tinga moslashtirilgan temir isitish pechlaridan foydalanish hollari ham afsuski, uchrab turibdi. Bu esa aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish oqibatlarini keltirib chiqarmoqda.
Is gazi – kuchli zaharli gaz bo‘lib, organizmga kirganda, qondagi gemoglobinning kislorod tashish xususiyatini yo‘qotadi, zaharlanish organizmda kislorod yetishmasligini keltirib chiqaradi. Is gazidan zaharlanganda insonning qulog‘i shang‘illaydi, boshi og‘riydi, behuzurlik sezadi, qattiq zaharlanganda yuz terisi ko‘karib, ko‘z qorachig‘i kengayadi, tirishishi, hushidan ketishi va vafot etishi mumkin.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali va uning shahar, tumanlaridagi filiallari tomonidan mavsumda tabiiy va suyultirilgan gazlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etish, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot ishlari davomida fuqarolar tomonidan dudbo‘ronlarning nosoz ahvolga kelib qolganligiga e’tibor qaratmasdan isitish pechidan foydalanib kelmoqda. Soha xodimlari tomonidan bu kabi holatlar turli baxtsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkinligi ta’kidlandi. Uning oldini olish maqsadida esa ko’rsatmalar berildi.
Soha xodimlari is gazi vujudga kelishi sabablariga yo‘l qo‘ymaslik va undan zaharlanmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha aholiga tavsiyalar bermoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati