Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
G’ijduvon tumani “Olmazor” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari tabiiy gazdan foydalanib keladi. Ularga moddiy resurslarimizni oqilona va to’g’ri ishlatish maqsadida “G’ijduvontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan targ’ibot tadbirlari olib borildi.
Isitish pechlarida energotejamkor gaz yondirgichlarini o’rnatib, mavsum davomida tabiiy gazni tejash barobarida mablag’ning ham iqtisod qilinishi mumkinligi ta’kidlandi. Shuningdek, gaz yondirgichning afzalliklari to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.
Bugunga qadar tuman bo’yicha tadbir davomida 140dan ortiq energotejamkor gaz yondirgichlari o’rnatildi. Agar kunlik 507,6 metr kub gaz tejalsa, mavsum davomida esa 76140 metr kub gazning tejalishiga erishiladi. Targ’ibotlar viloyatning boshqa hududlarida davom etmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati