Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Urgut tumani viloyatning katta tumanlaridan biri. Mazkur hududdagi suyultirilgan gaz iste’molchilari soni qariyb Sirdaryo viloyatidagi iste’molchilar soniga teng. Bu yerda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan aholi 69 702 tani ijtimoiy soha ob’ektlari esa 60 tani tashkil etadi. Tabiiyki, tumanda suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish katta mas’uliyatli vazifa sanaladi.Chunki, qariyb respublikamizning bitta viloyatida yashovchi iste’molchilariga teng aholi istiqomat qilayotgan tumanda xalqni rozi qilish, ularga mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun texnikalar ham, xodimlar ham doimo shay holatda turishi kerak.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan bu borada mahalliy hokimlik tashkilotlari bilan aniq reja ishlab chiqilgan bo‘lib, 1 kunda 3 ta mahallaga 2 360 ta maishiy gaz ballonlarda 47,2 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib beriladi.Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazishda 15 ta “ISUZU” avtomashinalari xizmat qilmoqda.
Bugun suyultirilgan gaz mahsulotini aylanma TARA usulida yetkazib berishda aholi xonadonlari 76 769 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanmoqda. Ta’kidlash joizki, tumandagi iste’molchilarga o‘tgan 8 oy davomida 11 605,76 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Mazkur jarayonlarda filialning 33 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
“Hududgaz Samarqand“ gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati