Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Narpaytumangaz” bo‘limi tumanning 52 ta mahallalardagi 31077 ta aholi va 33 ta (ijtimoiy soha obe’ktlari)ga xizmat ko‘rsatadi.
O‘tgan 8 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 3690 tonna mahsulot yetkazib berildi.
Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtoulovlaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berishda aholi xonadonlari 35113 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanadi.
Har kuni tumanning 2 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 950 ta maishiy gaz ballonlarda 19 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Mazkur jarayonlarda filialning 11 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati