Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2022-yil 19-may kuni “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Ko‘makay” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasining 2-tarmog‘idan tabiiy gaz bilan ta'minlanuvchi iste'molchilar Oltinko‘l tuman gaz ta'minotiga o‘tkazilishi munosabati bilan “Ko‘makay” AGTShningg 1-tarmoq bilan 2-tarmoqlarning bir-biriga bog‘liq joylarini tarmoqdan ajratish, “03-ADX” chiqish qismidagi gaz quvurlarini tartibga keltirish va ta'mirlash hamda 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarli ko‘rish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, Andijon shahrining “Forobiy”, “Mustaqillikning 21 yilligi”, “Paxtakor”, “Cho‘lpon 100 yilligi”, “Ozodlik”, “Uyg‘urobod”, “Bobur”, “Safoiy”, “Dehqonobod”, “Uyg‘ur”, “Jalabek”, “Dalvarzin”, “Mehnat”, “Madaniyat, “Ittifoq”, “Navro‘z”, “Shodlik” MFYlar hamda Andijon aylana yo‘l bo‘yidagi namunali uylar shuningdek, shuningdek Oltinko‘l tumanidagi “Jalabek”, “Ayshaxonum”, “Dalvarzin”, “Ko‘makay”, “Sadda” hamda “Cho‘ntak” MFYlar o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 2022-yil 19-may kuni soat 10:00 dan 23-may soat 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi .
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste'molchilaridan uzr so‘raydi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati