Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Inson farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi.Butundunyo mamlakatlari kabi “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bizni yurtimizda ham keng nishonlanib kelmoqda. Bizning bolajon xalqimiz ham bu bayramni zo‘r shodiyona bilan kutib oladi, bog‘larda bolalar uchun bayram va konsertlar uyushtiriladi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali xodimlarining farzandlari uchun bayram munosabati bilan “Erkatoyning erkaliklari” spektakli namoyish etildi. Ertaknamo sarguzashtlarga boy ushbu spektaklda soha xodimlarining dilbandalari madaniy hordiq chiqarib, o‘zgacha tassurotga ega bo‘ldilar. Spektakl yakunida barcha bolajonlar ommaviy raqs bilan davraga yanada fayz kiritdilar.
«Halqaro bolalarni himoya qilish kuni» bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning yuzida tabassumni ko‘rish, ularning baxti-iqboli, ularning huquqlarini himoya qilishga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir, - deydi Filial boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Gulchehraxon Mamatxo‘jaeva. – Har yili ishchi-xodimlarimizning, kam ta'minlangan oila farzandlari hamda sohada xizmat ko‘rsatgan faxriylarimizning nabiralarini mana shunday bayramga chorlaymiz. Mana bu yil ham 1000dan ortiq bolajonlarni mazkur spektaklga taklif etganmiz...
Xulosa qilib aytganda, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, avvalo, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish davlatimizning ustuvor vazifasi sifatida belgilab olinib, bu ijtimoiy siyosat darajasiga ko‘tarilib kelmoqda. Bugungi bayramdagi bolajonlar quvonchi bolalikning baxtli o‘tayotganidan dalolatdir.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati