Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, mavjud gaz uskunalarining texnik sozligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu tartib-qoidalarga amal qilmaslik, gaz taʼminotida foydalaniladigan turli jihozlar yaʼni gaz plitalar, isitish qozonlarining nosozligi yoki ulardan oqilona foydalanmaslik aksariyat xollarda turli koʼngilsizliklarga sabab boʼlishi mumkin.
Bunday holatlarning oldini olish maqsadida “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali tizimidagi "Paxtakortumangaz" gaz taʼminoti boʼlimining servis xizmatini koʼrsatish chilangarlari aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari sozligini doimiy nazorat qilishadi. Bu esa isteʼmolchilar xavfsizligini taʼminlash barobarida aholiga koʼrsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.
"Paxtakortumangaz" gaz taʼminoti boʼlimining 8 nafar chilangarlari tuman boʼyicha barcha MFY hududlariga biriktirilib, ular tomonidan 2022 yilning avgust oyiga qadar tumanda mavjud boʼlgan tabiiy gaz tarmogʼiga ulangan jami 9110 aholi xonadonlardan 2541 tasiga profilaktik xizmat (shundan, 1230 ta koʼp qavatli, 1311 ta xovli xonadonlar), 2600 ta xonadon texnik koʼrikdan (shundan 1263 ta koʼp qavatli, 1337 xovli xonadonlar) jami 5141 ta xonadonlarining gaz jihozlariga xizmat koʼrsatildi.
Xizmat koʼrsatish davomida aniqlangan nosozliklar oʼz vaqtida toʼliq bartaraf qilindi va qilinmoqda. Texnik koʼrikdan oʼtkazish natijasida isitish va suv isitish qozonlariga oʼrnatilgan gorelkalarning 528 tasi nostandart ekanligi aniqlanib, aholining 244 nafar isteʼmolchilariga standart zamonaviy tejamkor gaz jihozlari oʼrnatilishi taʼminlandi.
Аholi xonadonlaridagi uy ichi gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat koʼrsatish davomida noxush vaziyatlarning oldini olish, gaz jihozlaridan toʼgʼri foydalanish, ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish zarurligi borasida koʼrsatmalar berilib, tabiiy gazdan samarali foydalanish boʼyicha targʼibot va tashviqot ishlari ham oʼtkazilmoqda.
"Hududgaz Jizzax" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati