Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz xoʼjaligida suyultirilgan uglevodorod gazdan yoqilgʼi sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalarni loyihalashda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʼlgan gazoanalizatorlar quyidagi obyektlarga oʼrnatilishi tavsiya etiladi: - hajmi 150 litrdan ortiq boʼlgan guruhiy ballonlar qurilmalarga - Аvtonom tizimli gaz taʼminotiga - Suyultirilgan uglevodorod gazdan foyladanuvchi qozonxona va boshqa qurimlarga; - Gaz ballonlaridan foydalanuvchi aholi va korxonalarga
Gaz xoʼjaligida tabiiy gazdan yoqilgʼi sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalarni loyihalashda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xujjatlarga ega boʼlgan gazoanalizatorlar quyidagi obʼektlarga oʼrnatilishi tavsiya etiladi: - Tomdagi va operatorsiz qozonxonalarga; - Аholi xonadonlari va korxonalardagi gaz uskunalari oʼrnatilgan xonalarga;
Gazoanalizator qurilmasi quyidagi tartibga ulaniladi.
Tabiiy gazdan yoqilgʼi sifatida foylanuvchi texnik qurilmalar oʼrnatilgan xonaning yuqori qismiga (xona shiftida 30 sm dan pastdan boʼlmasligi lozim). Suyultirilgan uglevodorod gazdan yoqilgʼi sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalar oʼrnatilgan xonaning past qismiga (xona polidan 30 sm dan pastdan boʼlmasligi lozim).
Qurilmaning blokpitaniyasi elektr tarmogʼiga va bir uchi qurilmaga ulanadi. Qurilmadagi yoqish tugmachasini pastdan yuqoriga koʼtarib yoqiladi va 180 soniyada toʼliq ishchi xolatiga chiqadi. Shu vaqt davomida gazosiganalizator ishga tayyorligi hakidagi akkustik signal beradi va shundan soʼng qurilma ishchi xolatga oʼtadi.