Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, olis hududlarda yashovchi isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida, belgilangan rejaga asosan yetkazib berilishi taʼminlanmoqda.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududidagi “Sakson kapa” mahallasi ham olis manzillardan bir sanaladi. Bugungi kunda ushbu mahallada 793 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud, ulardagi maishiy gaz ballonlari 944 donani tashkil etadi.
Mahalla ahliga yil boshidan beri bir maromda suyuq gaz yetkazib berilmoqda. Isteʼmolchilar joriy yilning shu davrigacha 56.400 кг suyultirilgan gaz bilan taʼminlangan bo‘lsa, may oyining so‘ngi kunida 940 dona maishiy gaz ballonlarida 18.880 кг suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Bu kabi ishlar viloyatning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.