Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro viloyatida jami 104 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti mavjud bo‘lib, 2022-yilda 66 tasida estetik jihatdan tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. 41 ta gaz maromlash qurilmalarida esa himoya to’sig’i o’rnatildi. Amaliy jarayonlar viloyatning 3 ta tumanlarida to’liq yakuniga yetkazildi. Xususan, Peshku tumanida 4 ta; Olot tumanida 2 ta; Qorovulbozor tumanlarida esa 3 ta qurilma estetik jihatdan tartibga keltirilib, aholiga tabiiy gazning yetkazib berilishi uchun xavfsizlik ta’minlandi. Qurilmalar texnik taftishdan o‘tkazilib, bo‘yoqlash ishlari ham olib borildi.
Jarayonlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda. Ta’kidlash lozim, amaliy ishlarga 52 nafar ishchi-xodim va zarur texnikalar jalb qilingan.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati