Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Peshku tumanida 17881 nafar maishiy gaz balloni iste’molchilari istiqomat qildi. Bugun tumanda jami 24 ta mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi aholi gaz balloni bilan ta’minlanadi.
O’tgan oy davomida 10961 nafar iste’molchiga 219,22 tonna gaz yetkazib berilgan bo’lsa, yil boshidan esa 1755,5 tonna suyultirilgan gaz tarqatilgan. “Peshku” gaz to’ldirish shoxobchasi orqali tuman aholisi uchun kuniga 540 ta gaz ballonlari to’ldirilib, “Peshkutumangaz” gaz ta’minoti bo’limining 5 nafar chilangarlari tomonidan yetkazib berilmoqda.
Tumanda joriy yilning dastlabgi oyidan boshlab maishiy gaz balloni iste’molchilari soni 58 nafarga oshdi. Ularga gaz ta’minoti filiali tomonidan yangi gaz ballonlari tarqatildi hamda maxsus kartalar orqali to’lovni amalga oshirib borilishi to’g’risida tushuntirishlar berildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati