Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasi viloyatning Xonobod va Qorasuv shaharlari, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlari iste'molchilariga xizmat ko‘rsatadi. Mazkur shoxobchaning oylik gaz to‘ldirish quvvati 1000 tonna va gaz saqlash quvvati 50 tonnani tashkil etadi. Bir vaqtning o‘zida 3 ta maxsus gaz tashish avtotransportlariga xizmat qilish imkoniyatiga ega. O‘tgan yil davomida 9 yarim tonnaga yaqin gaz quyib yetkazib berilgan.
“Aholiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun uchun gaz to‘ldirish shoxobchasida ham moddiy-texnik bazani yangilash ishlari olib borilgan, - deydi GTSh boshlig‘i Sardorbek Nurmatov. - Ishchi-xodimlarga esa ko‘ngildagidek sharoitlar yaratilgan. Xususan, ular uchun maxsus ovqatlanish xonalari, ishdan so‘ng yuvinish va dam olish xonalari barpo etilgan. Shoxobcha elektron tarozilar bilan ta'minlangan bo‘lib, gaz quyish ishlarimaxsus kameralar orqali bevosita kuzatib boriladi. Shoxobchamizga yangi gaz quyish kolonkalarini olib keldik. Ular ishga tushirilgach, gaz quyish tezligi 30 foizgacha oshishi kutilmoqda.”
Ma'lumki, sovuq ob-havo vaqtida suyultirilgan uglevodorodli gazning bir qismi og‘ir qoldiqqa aylanadi va yonuvchanligini yo‘qotadi. Shu bois undan foydalanish mumkin emas. Bugungi kunda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Asaka”, “Shahrixon” hamda “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchlarida og‘ir qoldiq to‘kish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
Og‘ir qoldiqni to‘kishda har bir to‘kilayotgan mashiy gaz balloni avval tarozidan o‘tkaziladi, og‘ir qoldiqdan bo‘shatilgach, yana tortilib, so‘ngra maxsus kitobga qayd etib boriladi. O‘tgan yil davomida “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida 793 ming 842 dona ballondan 43.18 tonna og‘ir qoldiq to‘kilgan bo‘lsa, 2022-yilning birinchi choragida 161 ming 272 dona ballonlardan 7.03 tonna og‘ir qoldiq to‘kib olingan.
Maishiy gaz ballondan foydalanishda uning yaroqlilik davri mavjud bo‘lib, maishiy gaz ballonlari birinchi marta 5 yilga, keyin esa uch yilga sinovda o‘tkaziladi. Hozirda, har bir GTSh qoshida maxsus sinov sexlari mavjud bo‘lib, o‘tgan yilda “Qo‘rg‘ontepa” GTSh qoshidagi sinovdan o‘tkazish sexida 5 608 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilgan. 2022 yil 1-choragida esa mutaxassislar tomonidan 1 700 dan ortiq maishiy gaz ballonlari sinaldi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati