Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Nurobod tumanining olis Girdiqo‘rg‘on va Omondara qishloqlari tuman markazidan taxminan 45-50 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu hududda 1500 dan ortiq iste’molchilarga suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib beriladi. O‘tgan 5 oy davomida ”Omondara” mahallasidagi iste’molchilarga 39,600 tonna ,“Girdiqo‘rg‘on” mahallasi iste’molchilariga 43,850 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.
- Tabiiy gaz yetib bormagan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining “Nurobodtumangaz” bo‘limi zimmasidagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda, suyultirilgan gazga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mahallalar kesimida o‘rganib, hal etishga harakat qilyapmiz. Bu esa o‘z navbatida, hayot sifatini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida tumandagi suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 590 taga oshdi,- deydi “Nurobodtumangaz” bo‘limi suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha yetakchi muhandis Shuhrat Xushvaqtov.
Nurobodda jami 27 263 ta gazlashtirilgan xonadon mavjud bo‘lib, shundan 7 126 tasi tabiiy gaz bilan, 20 137 tasi esa suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.
2022-yilning o‘tgan besh oyi davomida tumandagi iste’molchilarga jami 1 383,0 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Amalda esa 1451,2 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilib reja 104,1 foizga bajarildi.
Bugungi kunda “Nurobodtumangaz” bo‘limi tomonidan iste’molchilarga suyultirilgan gazni belgilangan me’yor va talablar asosida bir maromda va uzluksiz ravishda yetkazib berish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, maishiy gaz ballonlar yetkazib berish oralig‘i 40-45 kunni tashkil etmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati