Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Hududlardagi avtotransport vositalarida o‘rnatilgan siqilgan gaz ballonlari bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan favqulodda hodisalarning oldini olish, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga zarar yetmasligini ta’minlash soha xodimlari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda kuni kecha "Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filialida Navoiy viloyati hududidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchalari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda “O‘zneftgazinspeksiya” Navoiy hududiy bo‘limi mas’ul va rahbar xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda avtotransport vositalarining siqilgan gaz ballonlari bilan qayta jihozlanish tartibi, ballonlarga ortiqcha bosimda gaz quyish va ularni navbatdagi texnik sinovdan o‘tkazmaslik oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Viloyat hududida sodir bo‘layotgan ushbu holatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar tahlil etildi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati