Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maishiy turmushning barchamiz yaxshi bilishimiz va rioya qilishimiz shart bo‘lgan o‘ziga yarasha qoidalari bor. Unga har qadamda duch kelamizu, lekin hammamiz ham birdek amal qilavermaymiz. Bu – tejamkorlik, isrofning oldini olish masalasi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining Angor tumani bo‘limi ishchi-xodimlari gazdan foydalanishda isrofga yo‘l qo‘ymaslik va bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Bugun ana shunday targ‘ibot tadbirlari “Sharq Guli” va “Navro'z” mahallalarida o‘tkazildi. Xonadonlardagi gaz jihozlarini zamonaviy energiya tejamkor gaz anjomlariga almashtirish, is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida maxsus qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda tushuntirish berildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati