Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni paytda Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga asosan elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Qarorga ko‘ra, viloyatdagi 281 750 ta xonadonlarga “aqlli” gaz hisoblagichlari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha viloyat miqyosida 272 682 ta iste’molchilar xonadonlariga o‘rnatildi va “BillingGaz” dasturiga ulandi. Bugun viloyatning 12 ta tumanida “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlandi. Jumladan; 1 Samarqand shahrida 99 529 ta 2 Kattaqo‘rg‘on shahrida 17 499 ta 3 Oqdaryo tumanida 12 176 ta 4 Bulung‘ur tumanida 5 562 ta 5 Jomboy tumanida 11 722 ta 6 Ishtixon tumanida 8 706 ta 7 Kattaqo‘rg‘on tumanida 16 301 ta 8 Narpay tumanida 6 530 ta 9 Nurobod tumanida 6 789 ta 10 Payariq tumanida 6 921 ta 11 Chelak hududdida 8 264 ta 12 Pastdarg‘om tumanida 20 469 ta 13 Go‘zalkent hududida 2 283 ta 14 Paxtachi tumanida 10 783 ta 15 Samarqand tumanida 20 683 ta 16 Toyloq tumanida 9 170 ta 17 Urgut tumanida 5 445 ta 18 Qo‘shrobot tumanida 3 850 ta hisoblagich o‘rnatildi.
Ayni kunlarda Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on shahri, Pastdarg‘om, Narpay va Payariq tumanlarida 50 ga yaqin brigadalar hisoblagich o‘rnatish ishlariga jalb etilgan. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mahallasida brigadalari ishlayotgan paytda uyida bo‘lmagan yoki ma’lum bir sabablarga ko‘ra, uyda hech kim yashamayotganligi tufayli “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilmay qolib ketgan iste’molchilar bo‘lsa, joriy yilning 1 oktabr sanasiga qadar Filialining tuman bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘raydi.
"Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati