Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali direktorining suyultirilgan gaz bo‘yicha o‘ribosari Zafarbek Qahharov hamda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘lim boshlig‘i Ruslan Abdurahmonovlar Asaka tumanidagi mahallalarda bo‘lib iste'molchilarning gaz ta'minotidagi muammolari bilan tanishdilar.
Asaka tumanining “Bozorboshi”, “Qo‘ng‘irot”, “Fidokor” va “Kujgan” MFYlarida aholi xonadonlariga kirishib, iste'molchilarning suyultirilgan gaz ta'minoti bo‘yicha savollariga javob berdilar. Iste'molchilarga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz tarqatish jarayonini ko‘zdan kechirib, maishiy gaz ballonlaridan foydalanish qoidalari, is gazi va uning oqibatlari, ID kartalarning ahamiyatlari haqida ham tushuncha berdilar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati