Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Тoifalangan ob'ektlarda texnogen halokatlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishida to‘g‘ri va tezkorlik bilan harakat qilish katta o‘rin tutishi bois bunga mas'ul tashkilotlar xodimlari bu borada yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur. Ana shu munosabat bilan “Ulug‘nortumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi binosida soha xodimlari ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlar tashkil etildi.
“Bunday o‘quv mashqlarini tez-tez o‘tkazib turishdan, eng avvalo, o‘zimiz manfaatdormiz, - deydi “Ulug‘nortumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i Sindorbek Rahimov. Chunki, banday o‘quv jarayonlari xodimlarning bilim va ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkaziladi, mutahkamlanadi. Kelgusida esa, bunday noxush holatlarga tayyor bo‘lishlik yuzaga keladigan oqibatlarni xavfini kamaytirishga hissa ko‘shadi...”
Unda tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi bilan birga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, binodagi ishchilar va fuqarolarni evakuasiya qilish, hududdagi yong‘inga qarshi suv ta'minotini o‘rganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Dastlab, soha xodimlariga yong‘in paytida o‘zini qanday tutish, luraning vazifalari tushuntirildi. Unda guruhlarga bo‘lingan holda ish tashkil etish, shuningdek, har bir guruhning vazifasi bir-biriga bog‘liqligi, lekin asosan erkin harakat qilishlari kerakligi aytib o‘tildi.
O‘quv mashqlari davomida, yong‘in xavfsizligi xodimlari belgilangan tartib asosida harakat qilib, shartli yong‘inlar o‘chirildi. Mashg‘ulot yakunida bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xatolar muhokama qilindi. Unda ishchilarga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan boshqa tavsiyalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati