Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Navro‘z umumxalq bayramining keng nishonlanishi munosabati bilan “Hududgazta'minot” AJ iste'molchilardan dam olish kunlarida gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qilish, isitish asboblarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, dudbo'ron tizimiga alohida e’tibor berishlaringizni so‘raydi.
Gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymasligingizni va gaz hidi paydo boʻlgan holda, 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz.
"Hududgazta’minot" AJ iste'molchilarni bayram kunlarida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, iste’mol qilingan "zangori" yoqilgʻi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni va gaz ta’minoti xizmatlari uchun oldindan toʻlov qilishni astoydil soʻraydi.
Eslatib oʻtamiz, toʻlovlarni tuman gaz ta’minoti shoxobchalarida va banklarning tegishli filiallarida, shuningdek "Uzum", "Payme", “UPay”, “Click”, “Zoomrad” mobil ilovalar orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Ma'lumot uchun: Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli "Enter" tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli "aqlli" hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. "Hududgazta’minot" AJ Сall-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.