Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatning barcha hududlarida iste’molchilarga suyultirilgan gazni bir maromda yetkazib berish borasida ish tashkil etilmoqda.
Chust tumanining “Zarafshon” mahallasiga ham “Chust tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan aholining maishiy ehtiyojlari uchun suyultirilgan gazga to‘ldirilgan gaz ballonlari oyma oy, o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, gaz ballonlarini tarqatish davomida turli baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish lozimligi ham xodimlar tomonidan tushuntirib o‘tilmoqda.
Mazkur mahallada 652 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlari soni 820 tani tashkil etadi. Har 38-40 kunga bormay aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilyapti. Joriy yilning 26-yanvar kuni ushbu hududga 2,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, Chust tumanida 34 552 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud, ularga 2023 yilning shu kuniga qadar 410,36 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati