Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Avval xabar berganimizdek, Olmazor tumani "Kalonova" mavzesi "Chamanbog‘" mahallasi aholisi tomonidan qilingan murojaatga asosan "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Olmazortumangaz" bo‘limi tomonidan mahallaga d-57mmli bo‘lgan, uzunligi 500 metr gaz quvurlari qo‘shimcha ravishda tortish ishlar boshlab yuborilgan edi.
Mazkur ishlar bugun o‘z nihoyasiga yetib qoldi. Ishlar o‘z vaqtida sifatli va tezkor yakunlanishi uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tomonidan 3 ta payvandlash brigadasi hamda 3 ta maxsus texnikalar ajratilgan. Ishlar yakuniga yetgach "Chamanbog‘" MFYdagi 8 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qilayotgan 328 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi yaxshilanadi.
"Murojaatimiz tez va ijobiy yechim topganidan xursandmiz", - deydi mahalla raisi Jasurboy Suvonqulov.
Bu kabi amaliy va xayrli ishlar poytaxtimiz bo‘ylab davom etmoqda.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati